IPAK — ochiq oʻzbek shriftlari
Oʻzbek tili uchun ochiq shriftlar
Ipak — Oʻzbekiston binolari, koʻchalari va yoʻl koʻrsatkichlari uchun shriftlar kutubxonasi. Lotin va kirill yozuvi, toʻgʻri ʻ va ʼ belgilari, 2026-yil qonunidagi Ö, Ğ, Ş, Ç harflari.
Barcha shriftlar bepul: SIL Open Font License asosida ularni davlat idoralari, transport, savdo va reklama uchun ishlatish mumkin.
Kutubxona
Alifbo oʻzgaradi, shrift qoladi
Bugun tanlang: ertaga faqat harflar almashadi
Ipak shriftlarida 1995-yilgi lotin yozuvi, 2026-yil qonunidagi Ö, Ğ, Ş, Ç harflari va kirill yozuvi bor. Alifbo oʻzgarganda peshlavhani yoki butun shriftni almashtirish shart emas: faqat oʻzgargan harflar qayta teriladi, koʻrinish va uzviylik saqlanadi.
| Hozir · 1995 | 2026-yil qonuni | Kirill |
|---|---|---|
| OʻZBEKISTON | ÖZBEKISTON | ЎЗБЕКИСТОН |
| TOSHKENT | TOŞKENT | ТОШКЕНТ |
| CHORSU | ÇORSU | ЧОРСУ |
| GʻAFUR GʻULOM | ĞAFUR ĞULOM | ҒАФУР ҒУЛОМ |
Ikki xil shrift
Ishchi shriftlar
Matn, yoʻl koʻrsatkichlari, rasmiy yozuvlar uchun. Asosi — sinovdan oʻtgan ochiq shrift, ustiga oʻzbekcha qatlam qoʻshilgan.
Sarlavha shriftlari
Noldan chizilgan: bannoiy, ganch, metro, qalam — oʻzbek meʼmorchiligi va xattotligi motivlari asosida.
Har bir shrift tekshirilgan
Harf juftliklari orasidagi masofa, ʻ va ʼ belgilari, Font Bakery va OTS tekshiruvlari, mustaqil koʻrib chiqish.